Fly Khiva va “Umra Plyus” xalqaro turizm assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

October 23, 2026

Fly Khiva aviakompaniyasi va “Umra Plyus” xalqaro turizm assotsiatsiyasi O‘zbekiston orqali xalqaro ziyoratchilar tashuvini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hamkorlik Malayziya, Indoneziya va boshqa xorijiy davlatlardan O‘zbekiston orqali Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar tashuvini yo‘lga qo‘yish hamda “Umra Plyus” dasturini rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur memorandum tomonlar o‘rtasida ziyoratchilar tashuvi va “Umra Plyus” dasturini rivojlantirish yo‘nalishidagi hamkorlik uchun asos yaratadi.

‍

Yordam va qo'llab-quvvatlash

Yordam markazimiz bilan tanishing

Yordamga muhtojmisiz? Yordam markazimizda sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar, jumladan, tez-tez so‘raladigan savollar, qo‘llanmalar va mutaxassis yordami mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi tugmani bosing!