Fly Khiva Airways Nukus xalqaro aeroportiga ilk bor qo‘ndi

November 13, 2026

Fly Khiva Airways yuk tashish faoliyati rivojida muhim voqea: aviakompaniyamiz havo kemasi ilk bor Nukus xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Reys Latviya davlatidan yosh qoramol partiyasini yetkazib berdi.

Ushbu parvoz yuk tashish geografiyamizni kengaytirish, xalqaro logistika imkoniyatlarini rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz.

Ushbu voqeani istiqbolli hamkorlikning boshlanishi deb bilamiz hamda mintaqadagi hamkasblarimiz va hamkorlarimiz bilan uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga umid qilamiz.

Yordam va qo'llab-quvvatlash

Yordam markazimiz bilan tanishing

Yordamga muhtojmisiz? Yordam markazimizda sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar, jumladan, tez-tez so‘raladigan savollar, qo‘llanmalar va mutaxassis yordami mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi tugmani bosing!