Fly Khiva Airways TransLogistica Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida ikki mukofotga sazovor bo‘ldi

November 13, 2026

TransLogistica Uzbekistan 2026 xalqaro ko‘rgazmasidagi ishtirokimiz yakunida Fly Khiva Airways ikki nominatsiya bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi:
- Air Logistics Showcase Award
- General Sponsorship Award
Ushbu mukofotlar aviakompaniyamizning havo logistikasini rivojlantirish, sohaviy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasining e’tirofidir.

Ko‘rgazmaning Bosh homiysi sifatida transport va logistika sohasi vakillarini birlashtirgan xalqaro platformani qo‘llab-quvvatlash biz uchun katta sharaf bo‘ldi.

Yuksak e’tirof uchun ko‘rgazma tashkilotchilariga, ishonch va hamkorlik uchun esa hamkorlarimiz hamda jamoamizga minnatdorlik bildiramiz.

Biz yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish va aviatsiya hamda logistika sohalari taraqqiyotiga hissa qo‘shishda davom etamiz.

Yordam va qo'llab-quvvatlash

Yordam markazimiz bilan tanishing

Yordamga muhtojmisiz? Yordam markazimizda sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar, jumladan, tez-tez so‘raladigan savollar, qo‘llanmalar va mutaxassis yordami mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi tugmani bosing!