Podgoritsa reysi ishga tushirilishi
2025-yil 15-iyun kuni Fly Khiva aviakompaniyasi Toshkent - Podgoritsa yo‘nalishi bo‘yicha birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni muvaffaqiyatli amalga oshirib, yo‘lovchilar uchun Yevropa - Chernogoriyaga yangi yo‘nalishni ochdi.
August 19, 2025

Chernogoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar Fly Khiva xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish yo‘lidagi yana bir qadamdir. Yangi reys O‘zbekiston va Adriatika dengizi sohillari o‘rtasida qulay va tezkor aloqani ta’minlaydi.
Yo‘nalishning asosiy afzalliklari:
-Almashinuvsiz parvoz
-O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim
- Qulay jadval va bortda yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish
Endilikda yo‘lovchilar dam olish, turizm va yangi taassurotlar uchun Yevropaga maksimal qulaylik bilan sayohat qilish imkoniyatiga ega.
Tegishli yangiliklar
Yordam markazimiz bilan tanishing
Yordamga muhtojmisiz? Yordam markazimizda sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar, jumladan, tez-tez so‘raladigan savollar, qo‘llanmalar va mutaxassis yordami mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi tugmani bosing!