Fly Khiva Toshkent — Bag‘dod yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirdi

February 17, 2026

2026-yil 30-yanvar kuni Fly Khiva aviakompaniyasi Toshkentdan Bag‘dodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Yo‘nalishning ochilishi mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirish va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Bag‘dod — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qaytish reysi 6-fevral kuni amalga oshirildi.

Mazkur yo‘nalish biznes safarlar, logistika hamkorligi va sheriklikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu reys o‘zbek tadbirkorlariga o‘z mahsulotlarini Iroq bozorida namoyish etish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish imkonini berdi. Bu esa savdo-iqtisodiy munosabatlarning mustahkamlanishiga va xalqaro hamkorlikning kengayishiga xizmat qiladi.

Yordam va qo'llab-quvvatlash

Yordam markazimiz bilan tanishing

Yordamga muhtojmisiz? Yordam markazimizda sizga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar, jumladan, tez-tez so‘raladigan savollar, qo‘llanmalar va mutaxassis yordami mavjud. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi tugmani bosing!